BMT bosh kotibi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev bilan telefon orqali muloqot qilib, o`t ochishni zudlik bilan to`xtatishga chaqirdi va ziddiyat hududiga EHXT kuzatuvchilarini yuborishini ma`lum qildi.
BMT bosh kotibi xuddi shunday chaqiriq bilan u Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga ham murojaat qiladi.
"RIA Novosti" xabariga ko`ra, bu haqda bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma`lumot bergan.
"Bosh kotib zudlik bilan o`t ochishni to`xtatishga va Minsk kelishuvi shafe`ligida oldindan shartlarsiz muzokaralarga kirishish, shuningdek, mintaqaga tezda EXHT kuzatuvchilarini yuborish lozimligini ta`kidladi", dedi Dyujarrik.






