"O`zbekiston 24" telekanalida xabar qilinishicha, Samarqand viloyati Bulung`ur tumani tibbiyot birlashmasining ko`p tarmoqli markaziy klinikasi xodimi 1200 $ evaziga fuqaroni tibbiyot birlashmasiga farroshlikka ishga kiritib qo`yishni va`da qilgan. Kelishilgan porani olayotgan chog`ida esa huquqni himoya qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan qo`lga tushdi.
Shuningdek, Jizzax viloyatining Baxmal tumanida ham fermerdan erni olib qo`ymaslik uchun 5 mln. so`m olayotgan firibgar ham pulni olayotganida organ xodimlari tomonidan ushlandi.





