Kuz-qish mavsumida keng tarqaladigan gripp infeksiyasi koronavirusni yanada kuchaytirib yuboradi. Bu haqda biologiya fanlari doktori, Jorj Meyson Universiteti (AQSh) professori Ancha Baranova ma`lum qildi.
Biroq, bu gripp virusining koronavirusga o`tishi bilan bog`liq emasligini ta`kidlagan olim. Uning fikriga ko`ra, ular ikkita mutlaqo boshqacha viruslar bo`lib, hech qanday tarkibiy qismlarini almashtira olmaydilar. Shunchaki, odam tanasiga qo`shaloq yuk tushadi.
️«Shuningdek, koronavirusdagi mutasiyalar xavotirga sabab bo`lmoqda. Endi nafaqat D614G, balki yangi mutasiyalar ham tavsiflanmoqda. Ular bundan ham yomon. Invitro tajribasi shuni ko`rsatdiki, ularni dastlab mavjud bo`lgan virusga qarshi antitanalar bilan zararsizlantirish mumkin emas», dedi Baranova.
Doktorning xulosasiga ko`ra, bu yaratilayotgan vaksinalarga ham katta tashvish tug`diradi.






