AOKAda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova koronovirusni boshidan o`tkazgan odamning kun tartibi, ovqatlanishi, jismoniy faolligini tashkil etish bo`yicha o`z tavsiyalarini berdi.
Davolanish jarayonidan keyin holsizlik bo`lishi tabiiy holat. Chunki kasallik engil kechsa ham, o`z asoratini tashlab ketadi. Ba`zilarda o`pkaning shikastlanishi fibroz kuzatiladi, ya`ni noromal to`qima o`rnini biriktiruvchi to`qima egallaydi. Engil daraja bo`lsa, ozgina chandiq qolishi mumkin va buni bemor tuzalganidan so`ng bilmasligi mumkin. Lekin katta o`choq zararlansa, hansirash kuzatiladi.
Shuning uchun uy sharoitida yoki ambulator sharoitda reabilitasiya jarayonini olib borishingiz kerak. Reabilitasiya jarayonini nafas mashqlaridan boshlash kerak. Kuniga 10-15 minutdan boshlab sekin-asta ko`paytirish kerak.
Jismoniy faollikning eng muhim prinsiplari — bu muntazamlik va yuklamalarni boqichma-bosqich oshirib borish, ya`ni haftada 2 soat yoki undan ko`proq vaqt ketma-ket shug`ullanishdan ko`ra, har kuni 10 daqiqalik mashqlarni kun davomida takrorlab turish foydaliroqdir. Bemorning ahvoliga qarab yotoqda va o`tirib bajariladigan mashqlarni Sizning yordamingizda bajarishlari mumkin.






