2020 yil 1 oktyabr soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 57 190 (+193) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 178 nafari Toshkent shahrida,
- 15 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bugun ayni paytga qadar:
- Toshkent shahrida 212 nafar,
- Toshkent viloyatida 95 nafar,
- Namangan viloyatida 44 nafar,
- Andijon viloyatida 9 nafar,
- Jizzax viloyatida 8 nafar,
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 5 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 5 nafardan bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 53 835 (+378) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 94 foizga etdi.
Hozirda mamlakatimizda 2 883 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






