AsosiyDunyo

Navalniy o`zining zaharlanishida Putinning qo`li borligini aytdi

'Navalniy o`zining zaharlanishida Putinning qo`li borligini aytdi'ning rasmi

Rus hukumatinining muxolifi Aleksey Navalniy Germaniyaning “Spiegel” gazetasiga intervyu berib, o`zining zaharlanishida prezident Vladimir Putinning qo`li borligini aytdi. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.

Navalniy avgust oyida Rossiyada og`ir ahvolga tushib qolgan va kasalxonaga yotqizilgandi. Keyinchalik uni davolash uchun Germaniyaga olib kelishdi. Berlindagi “Charite” kasalxonasi shifokorlari tahlillardan so`ng Navalniy zaharlanganini keyin Navalniyning sog`ligi asta-sekin yaxshilanib bordi va u sentyabrda kasalxonadan chiqdi.

“Mening zaharlanishim ortida Putin turibdi. Mening bu jinoyatni kim amalga oshirgani borasida boshqa hech qanday tahminim yo`q” deydi Navalniy.

Navalniy taqiqlangan Novichok nomli modda bilan zaharlanganidan keyin G`arb mamlakatlari Rossiya hukumatidan bu holatni tushuntirib berishni talab qilishdi. Lekin, rus hukumati Navalniyning zaharlangani isbotlanishi uchun hech qanday asos mavjud emasligini va bu ishga umuman aralashmaganini aytgan.

“Siz hech qanday og`riqni his qilmaysiz. Ammo, o`layotganingizni anglaysiz” deydi Navalniy zaharli modda unga ta`sir qilishni boshlagan paytni eslar ekan.

Shuningdek, Navalniy Putindan qo`rqmasligi va endilikda Rossiyaga qaytishni rejalashtirayotganini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar