Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Namangan shahrida yashovchi fuqaro G.Dedabaevani o`zini yoqib yuborib, vafot etganligi aks etgan video xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuraturasi tomonidan berilgan rasmiy bayonotga ko`ra, videodagi holatlar yuzasidan Namangan viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Ish hujjatlariga ko`ra, fuqarolik ishlari bo`yicha Namangan tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan MIB Namangan shahar bo`limi davlat ijrochisi tomonidan G.Dedaboevani yashab turgan xonadonidan majburiy ko`chirish ijro harakati o`tkazishni tayinlanib, ushbu xonadonga joriy yilning 29 sentyabr kuni ishtirokchilarni jalb qilgan holda ijro harakatini amalga oshirish uchun borilgan.
Shu vaqtda, G.Dadabaeva ijro harakatini to`xtatish, ijro harakatlariga qarshilik ko`rsatish maqsadida yashash xonadoni darvozasining tashqi old tomonida o`zi bilan olib chiqqan 1,5 litr hajmli elim idishdagi benzin yoqilg`isini ustidan quyib, o`zini-o`zi yoqib yuborgan.
Ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan G.Dadaboeva 30.09.2020 yilda RShTYoIM Namangan filialining jonlantirish bo`limida vafot etgan.
Dastlabki sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko`ra G.Dadaboevaning tanasi yuzasining 90 foiz alangadan kuyishi, shundan 40 foiz qismi chuqur kuyish va yuqori nafas yo`llarining 1-darajali kuyishi uning o`limiga olib kelgan og`ir tan jarohati hisoblanishi ko`rsatilgan.
Jinoyat ishi bo`yicha sudga oid tibbiy, sudga oid yong`in texnikaviy va boshqa zaruriy ekspertizalar tayinlangan.
MIB Namangan shahar bo`limi davlat ijrochisi va Namangan shahar IIO` FMB 2-sonli IIB HPG TP profilaktika inspektori harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvlari tayinlangan.
Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib davom ettirilmoqda.






