AsosiyJINOYAT

Sirdaryoda o`z chaqalog`ini 17 ming dollarga sotayotgan 25 yoshli ayol qo`lga olindi (video)

 "Sevimli" telekanalining "Zamon"  dasturi muxbiri tomonidan tayyorlangan lavhad...

 "Sevimli" telekanalining "Zamon"  dasturi muxbiri tomonidan tayyorlangan lavhada xabar berilishicha, A.O` ismli ayol Guliston shahridagi kafelarning birida ofisant bo`lib ishlaydi.  U betartib hayot tarzini odatga aylantiradi. O`zi yaqindan tanimagan-bilmagan inson bilan birga yashaydi. Uning bu qilmishlari butun umriga tatigulik iz qoldirdi. 

2019 yilda u qiz farzandini dunyoga keltiradi. Ayol chaqalog`iga enaga yollab, ishlashda davom etadi. Ana-mana degancha, enaganing bir  yillik xizmat haqi esa 6 million so`mga yaqinlashadi. Tabiiyki bu pulni to`lashni istamagan A.O` qarziga qo`shib, begunoh farzandidan ham qutilish yo`llarini qidira boshlaydi. Tez orada bolasini 17 ming AQSh dollariga sotib olmoqchi bo`lgan xaridor ham topiladi.  Endigina 25 yoshga kirgan A.O` huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan eng qabih jinoyat ustida qo`lga olindi. 

Jinoyat ishlari bo`yicha Guliston shahar sudi tomonidan ushbu ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3 qismi "a" bandi bilan, Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, besh yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi. 

 

    Boshqa yangiliklar