2020 yil fevral oyidan buyon qidiruvda bo`lgan buxorolik 1995 yilda tug`ilgan S.L. qo`lga olinib, unga nisbatan qidiruv bekor qilindi, deya xabar bermoqda Buxoro viloyati IIB.
Keltirilishicha, fuqaro S.L. O`zbekiston Respublikasi JK.ning 128-moddasi 2-qismida qo`rsatilgan jinoyat(16 yoshga to`lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish)ni sodir qilgan. U dastlabki tergov va sud idoralaridan yashirinib yurganligi uchun Jinoyat ishlari bo`yicha G`ijduvon tuman sudi tomonidan 2020 yilning 11 fevral kunidan boshlab “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo`llanilgan holda qidiruv e`lon qilingan.
Buxoro viloyati Romitan tumani Azizon MFY da ro`yxatda turuvchi, 1995 yilda tug`ilgan S.L. Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Rossiya Federasiyasining poytaxti Moskva shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib ushlangan va unga nisbatan qidiruv bekor qilindi, deyiladi xabarda.






