AsosiyJinoyat

Toshkentda 6 yil avvalgi jinoyat fotorobot yordamida fosh qilindi

'Toshkentda 6 yil avvalgi jinoyat fotorobot yordamida fosh qilindi'ning rasmi

Toshkent. 2014 yilning 16 iyul kuni soat 03:00 da noma`lum erkak va ayol bir guruh bo`lishib oldindan til biriktirib, otvyortka va tosh bilan qurollanib, Olmazor tumani Beruniy B-1 dahasida 38 yoshli B.X., boshqaruvida bo`lgan “Spark” rusumli avtomashinaga yo`lovchi sifatida o`tirib, B.X., ning hayoti va sog`ligi uchun xavfli bo`lgan zo`rlik ishlatib, uning bosh qismiga o`zlari bilan olib kelgan tosh bilan urib, unga tegishli bo`lgan 100.000 so`m miqdordagi pullarni olib, hodisa joyidan yashiringanlar. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Holat yuzasidan Olmazor tumani IIB Tergov bo`limi tomonidan noma`lum shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi, “a,b” bandlari (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat bo`yicha jabrlanuvchining so`zidan jinoyat sodir etgan ayolning sub`ektiv portreti (fotorobot) tuzilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni sodir etgan ayol 35 yoshli G.A., ekanligi aniqlanib, ushlangan hamda ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “garov” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, ayblanuvchi G.A., ning jinoiy sherigi Navoiy viloyatida tug`ilgan 28 yoshli T.S., ekanligi aniqlangan, T.S., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosesual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Boshqa yangiliklar