Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining (JSST) Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda qat`iy karantin choralarini takrorlashga qarshi fikr bildirdi.
| |
«Pandemiyaga oktyabrdagi munosabat fevraldagi kabi emas, — ogohlantirdi Vuynovich. — Chunki biz virusni endi bilamiz, u o`zini qanday tutishini yaxshi tushunamiz, va ijtimoiy-iqtisodiy hayotni saqlab qolgan holda uni enga olamiz». JSST vakili karantinning takrorlanishi nafaqat iqtisodga, balki sog`liqni saqlash tizimiga ham ta`sirini o`tkazishini ta`kidladi. Oddiy yurak-qon tomir, onkologiya yoki diabet kasalligini davolash bilan bog`liq muammoning o`zini olaylik, — dedi u. Undan tashqari, u yakkalash inson psixikasiga ham salbiy ta`sir o`tkazishini eslatdi. Avval Rossiya Bosh vaziri o`rinbosari Tatyana Golikova o`zini-o`zi yakkalash tizimiga qaytishdan qutilishning yagona yo`li xavfsizlik choralariga qat`iy rioya qilish ekanligini ta`kidlagandi. Uning so`zlariga qaraganda, COVID-19 bilan kasallangan odamlarning 80-85 foizi xavfsizlik choralariga rioya qilmagan. «Biz yo xavfsizlikka rioya qilamiz, yoki o`zini-o`zi yakkalashga qaytamiz», — degan vazir o`rinbosari. Moskva shahar meri Sergey Sobyanin esa poytaxtliklarning e`tiborini qariyalar kasallikka moyil ekanligiga qaratgan. U 65 yoshdan oshgan poytaxtliklarga sayr qilish, dorixona yoki shifoxonalarga borishi mumkinu, lekin «ularning har bir bunday harakati ma`lum darajada xavfli» ekanligini eslatib, ularni vaziyatni o`zlari nazorat qilishga chaqirdi, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta. |
03.10.2020 09:12
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti karantin takrorlanishiga qarshi fikr bildirdi






