AsosiyMadaniyat

Taniqli rejissyor va prodyuser Djanik Fayziev "O`zbekkino" bilan hamkorlik qiladi

'Taniqli rejissyor va prodyuser Djanik Fayziev "O`zbekkino" bilan hamkorlik qiladi'ning rasmi

"O`zbekkino" Milliy agentligida tashkilot rahbariyati, rejissyor Rashid Malikov va prodyuser Oybek Fayziev bilan rossiyalik taniqli aktyor, rejissyor va prodyuser Djanik Fayziev ishtirokida onlayn uchrashuv bo`lib o`tdi.

"O`zbekkino" Milliy agentligi rahbari taniqli kino arbobini mamlakatimiz kino sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati bilan tanishtirdi. Tomonlar bir qator kino loyihalarini amalga oshirish bo`yicha qo`shma hamkorlik rejalari va ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini muhokama qildilar.

Suhbat avvalida Djanik Fayziev O`zbekistonda yuz berayotgan ijobiy va keng ko`lamli o`zgarishlarni mamnuniyat bilan qayd etdi.

 “Bir yildan buyon men O`zbekistonda sodir bo`layotgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni diqqat bilan kuzatmoqdaman va bundan juda ilhomlandim. Nazarimda hamma narsa risoladagidek ketyapti. Mashhur ishbilarmon bir tanishim O`zbekiston investisiyalar uchun eng jozibali davlatlardan biriga aylanmoqda, degan fikrni bildirdi. Shunisi quvonarliki, kino sanoati ham muntazam rivojlanib bormoqda, bu xorijlik kinoijodkorlarni ham qiziqtirishi tabiiydir», - dedi Djanik Fayziev.

Djanik Fayziev ushbu loyiha shubhasiz qiziqarli ekanligini, chunki Rossiyada sportchilarning g`alabalari haqidagi shu kabi filmlar muvafaqqiyat qozonayotganini ta`kidladi. Rejissyor loyihani amalga oshirishda o`z yordamini berishga tayyorligini bildirdi.

O`z navbatida, Agentlik rahbari Djanik Fayzievga bugungi kunda "O`zbekkino" tomonidan olib borilayotgan uchta yirik milliy kino loyihalari haqida gapirib berdi. Bular Amir Temur, Imom al-Buxoriy va Buyuk Ipak yo`li haqidagi filmlar. Djanik Fayziev ushbu loyihalarda ishtirok etishga va ijodkorlarni tomonlama qo`llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, rejissyor filmlarda ishtirok etish uchun xorijlik aktyorlar va tajribali kino mutaxassislarini jalb qilishni tavsiya etdi.

Ta`kidlash joizki, "O`zbekkino" so`nggi yillarda mamlakatimizdan o`ziga xos sabablar bilan chet mamlakatlarga ketgan vatandoshlarimizni - taniqli kino arboblarini hamkorlik ishlariga jalb qilishga erishmoqda. 

«Biz uchun chet elda yashovchi kinoijodkorlarning milliy kino sanoatimizni rivojlantirishga hissasini qo`shgani juda muhimdir. Masalan, uzoq yillardan buyon Italiyada yashab kelayotgan taniqli rejissyor Ali Hamroev bu yil "O`zbekkino"ning taklifiga binoan "Xalq jasorati" filmini O`zbekistonda nihoyatda qisqa vaqt ichida suratga olishga muvaffaq bo`ldi. Ushbu film joriy yil 9 may - fashizm ustidan qozonilgan g`alabani nishonlash kuni muvaffaqiyatli namoyish qilindi. Shuningdek, biz Yusuf Roziqov, Elyor Ishmuhamedov, Odelsha Agishev va boshqa mutaxassislarni ham kino loyihalarimizga jalb qilish rejalari ustida ishlayapmiz. Xorijdagi yurtdoshlarimiz bilan juda yaqin, do`stona aloqalar o`rnatganmiz", -deya izohladi kinorejissyor, "O`zbekkino" Milliy agentligi jamoatchilik kengashi a`zosi Rashid Malikov.

Djanik Fayziev o`zbekistonlik mashxur akter, rejisser va prodyuser. “Siz kimsiz”, “Kammi”, “Beshinchi burchak”, “Turk gambiti”, “Avgust. Sakkizinchi”, “Kolovrat afsonasi”, “Gallaktika darvozaboni” filmlarini suratga olgan. Shuningdek, ko`plab filmlarda aktyor va prodyuser sifatida ishtirok etgan.

 
  

Boshqa yangiliklar