AsosiyJamiyat

Viloyat hokimlariga yangi vakolat berildi

'Viloyat hokimlariga yangi vakolat berildi'ning rasmi

“Sog`liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra:

  •  Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari – Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimi joriy etildi;
  •  Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimi tugatildi.

 Qarorga muvofiq:

  •  Qoraqalpog`iston Respublikasi sog`liqni saqlash vaziri va viloyatlar sog`liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari sog`liqni saqlash vaziri tomonidan tegishlicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va viloyat hokimlari bilan kelishilgan holda;
  •  hududiy tibbiyot muassasalari rahbarlari esa sog`liqni saqlash vaziri hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va viloyat hokimlari bilan kelishilgan holda viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi.

    Boshqa yangiliklar