AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istondan yo`lga chiqqan «Tacuma» tunda Samarqandda YTHga uchradа: 3 kishi halok bo`ldi, yana ikki nafari shifoxonadi (foto)

'Qoraqalpog`istondan yo`lga chiqqan «Tacuma» tunda Samarqandda YTHga uchradа: 3 kishi halok bo`ldi, yana ikki nafari shifoxonadi (foto)'ning rasmi

2020 yilning 04 oktyabr kuni soat 20:30 da Narpay tuman Oqoltin MFYda hududidan o`tuvchi “Toshkent-Nukuks” avtomobil yo`lida, haydovchi Qoraqalpog`iston Respublikasi Amudaryo tumanida yashovchi 42 yoshli Z.B., boshqaruvida bo`lgan «Tacuma» rusumli avtomashinasi bilan “Toshkent-Nukus” yo`nalishi bo`yicha harakatlanib borib, rul boshqaruvini yo`qotib, yo`lni ajratib turuvchi o`rtadagi beton to`siqqa urilib, yo`l-tansport xodisasi sodir qilgan.

Natijada, haydovchi Z.B., va yo`lovchi 26 yoshli N.A.,lar voqea joyida, boshqa bir yo`lovchi 37 yoshli M.S., esa olgan tan jarohatlari oqibatida tuman tibbiyot birlashmasida ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Shuningdek, avtomashinada bo`lgan yana ikki nafar yo`lovchilar 41 yoshli X.Q. va uning ukasi J.Q.,lar turli xildagi tan jarohatlari olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Narpay tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o`limiga sabab bo`lsa) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi shu kunning o`zida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar