Toshkent shahar hokimligi va “Toshissiqquvvati” DUK Toshkent shahrida 2020-2021 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan tasdiqlangan dasturga asosan, 14 sentyabrdan boshlab poytaxtimizdagi Issiqlik markazlari va ularning yo`nalishidagi quvurlarni yangi mavsumga tayyorlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan hududlardagi issiq suv ta`minotida rejali uzilishlar kuzatilishi haqida ogohlantirmoqda.
Xususan, 5-9 oktyabr kunlari 1 va 5-Issiqlik markazlarining ta`minot yo`nalishida issiq suv bo`lmaydi.
1-Issiqlik markazining ta`minot yo`nalishidagi:
— Mustaqillik shoh ko`chasi, Mirzo Ulug`bek, Buyuk ipak yo`li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo`rg`on, O`tkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, Navnihol 3-tor ko`chasi, Yassi, Qalandar, Bo`z, Sayram 5-tor ko`chasi, Sayram 7-tor ko`chasi, Chust, Katta Darxon, Katta Darxon 2-tor ko`chasi, Geologiya, Ibrohim Mo`minov, Niyozbek yo`li, Kichik halqa yo`li, Katta halqa yo`li, Do`rmon yo`li, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bog`ishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirqyigit, Tamaraxonim tor ko`chasi, Ozodlik ko`chalarida;
— Yalang`och, Toshqishloqmash, Mavlono Riyoziy, Bo`z-1 dahalarida;
— ToshGRES shaharchasida;
— Hamid Olimjon maydonida;
— Toshkent Davlat Agrar Universiteti hududida.
5- Issiqlik markazining ta`minot yo`nalishidagi:
— Zargarlik, Lutfiy, Qatortol, Guliston, Farhod, Cho`ponota, Bog`ibo`ston, Kichik halqa yo`li, Naqqoshlik, Do`mbirobod, Do`mbirobod 4-tor ko`chasi, Serquyosh, O`smir, Taxiatosh, Shirin, Maqsud Shayxzoda, Qatortol 1, 2-tor ko`chalari, Katta Xirmontepa, Nurafshon, Seul, Gulxaniy, Bog`iston, Samarqand Darvoza, Taqachi, Katta halqa yo`li, O`rikzor, Beshqayrag`och, To`qimachi, Nashriyot, Yusuf Sakkokiy, Foziltepa ko`chalarida;
— Chilonzor 5-26, 30, 31, G9A, 20A, S, Do`mbirobod, Oqtepa, Al-Xorazmiy 1,2, Sharq, Izza, Guliston, Beshqayrag`och dahalarida;
— O`rikzor bozori hududida.






