AsosiyDunyo

Tog`li Qorabog`da janglar sakkiz kundan buyon davom etmoqda

'Tog`li Qorabog`da janglar sakkiz kundan buyon davom etmoqda'ning rasmi

Tog`li Qorabog`da janglar deyarli sakkiz kundan buyon davom etmoqda. Tan olinmagan Tog`li Qorabog` Respublikasining (TQR) poytaxti Xonkandi (armancha nomi Stepanakert) ketma-ket to`rtinchi kun doimiy ravishda o`qqa tutilmoqda. Kuzatuvchi tomonlar (Armaniston va Ozarbayjon)ni muzokara stoliga keltira olmadi. Bu haqda Geosiyosat kanali axborot tahlili tayyorladi.

4 oktyabr voqealari

Yakshanba kuni ertalab tan olinmagan Tog`li Qorabog` poytaxti Xonkandini o`qqa tutish qayta boshlandi. Shaharni bombardimon qilish to`rt kundan beri davom etmoqda

Juma kuni snaryadlardan biri Xonkandidagi harbiy kasalxonaga tushib, bir nechta turar-joy binolarini vayron qildi, yana bir portlash natijasida mahalliy Favqulodda vaziyatlar vazirligi binosi zarar ko`rdi va bir nechta qutqaruvchilar jarohat oldi.

Bunga javoban, TQR kuchlari yakshanba kuni aholisi soni bo`yicha Ozarbayjonning ikkinchi shahri (300 ming kishi) bo`lgan Ganjaning harbiy ob`ektlarini o`qqa tutdilar va mahalliy harbiy aeroportni vayron qilishdi.

Ozarbayjon mudofaa vazirligi harbiy ob`ektlarning o`qqa tutilishi va aeroportning vayron etilishi haqidagi ma`lumotni rad etib, «tinch aholi, fuqarolar infratuzilmasi va qadimiy tarixiy binolar» dushmanning o`q otishi natijasida jabr ko`rganligini bildirdi. Otishma paytida Ganja aeroporti binosiga zarar etmaganli ma`lum qilindi.

Tog`li Qorabog` kuchlari Ganjani o`qqa tutishi natijasida bir fuqaro halok bo`ldi, yana 32 kishi jarohat oldi. Shu munosabat bilan Ozarbayjon Bosh prokuraturasi tan olinmagan TQR Prezidenti Arayik Arutyunyanga nisbatan jinoiy ish qo`zg`adi.

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi ma`lumotlariga ko`ra, 4 oktyabr kunining o`rtalariga kelib, 27 sentyabrdan beri davom etgan mojaro natijasida respublikaning jami 24 nafar tinch aholisi vafot etdi.

Harbiy yo`qotishlar to`g`risidagi ma`lumotlar turli xil. TQR prezidenti matbuot kotibi Vahram Pogosyan avvalroq harbiy harakatlar paytida Ozarbayjon armiyasining yo`qotishlari 3 ming kishidan oshganini, TQRning o`z yo`qotishlari 150 kishidan oshgani haqida xabar bergan edi. 30 sentyabr kuni Ozarbayjon arman kuchlarining 2300 harbiysining o`ldirilgani yoki jarohatlanganini, Armaniston esa 1750 nafar ozarbayjonlikning o`ldirilgani va yaralangani haqida xabar berdi.

Turkiya TIV Ganjaning o`qqa tutilishini «Armanistonning noqonuniy pozisiyasining yangi namoyishi» va Jeneva konvensiyalarining buzilishi deb atadi.

Armaniston hukumati Inson huquqlari bo`yicha Evropa sudiga Turkiyaning Armaniston va Tog`li Qorabog`ning tinch aholisiga qarshi Ozarbayjonning jangovar harakatlarida ishtirok etganligi sababli unga nisbatan vaqtinchalik choralar ko`rishni talab qildi.

Ozarbayjon prezidentining yordamchisi Hikmet Hojiev tan olinmagan TQR prezidenti Arayik Arutyunyanning «jiddiy jarohati» haqida gapirdi. Ammo, Tog`li Qorabog` Respublikasi rahbarining matbuot kotibi bu ma`lumotni rad etdi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev Ozarbayjon harbiylari Jabroil (Mexakavan) shahri va Tog`li Qorabog`dagi bir necha qishloqlarni o`z nazorati ostiga olganligini e`lon qildi. Biroq, Alievning bayonoti noto`g`ri ma`lumot va haqiqatga to`g`ri kelmaydi, dedi Armaniston mudofaa vazirligining rasmiy vakili Artsrun Ovannisyan.

    Boshqa yangiliklar