AsosiyJamiyat

O`zbekistonda himoya izlayotganlar uchun siyosiy boshpana berish tartibi ishlab chiqiladi

'O`zbekistonda himoya izlayotganlar uchun siyosiy boshpana berish tartibi ishlab chiqiladi'ning rasmi

Oliy Majlis quyi palata deputati Rasul Kushervaevning xabar berishicha, "O`zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning huquqiy maqomi to`g`risida" yangi qonun qabul qilinmoqda.  

Qonun loyihasi bugun Qonunchilik palatasining yalpi majlisida birinchi o`qishda qabul qilingan.  

"Qonun loyihasida O`zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning huquqiy maqomini, O`zbekistonda bo`lish, siyosiy boshpana berish tartibini, asosiy huquq va erkinliklari, O`zbekistonga kirish-chiqish va tranzit o`tishi, davlat xizmatlaridan foydalanish va boshqa holatlarni aks ettirish nazarda tutilmoqda.  

Qonun loyihasiga ko`ra, O`zbekistonda siyosiy boshpana berish tartibi va shartlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Shaxsning O`zbekiston Respublikasida berilgan siyosiy boshpanasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan amalga oshiriladi.  

Siyosiy boshpana o`zining fuqaroligi bo`yicha mansub davlatda yoki doimiy yashash joyida ijtimoiy-siyosiy faoliyati, diniy e`tiqodi, irqiy yoki milliy mansubligi uchun ta`qib qilinayotgan yoki ta`qib qilishning jabrlanuvchisi bo`lishiga real tahdiddan, shuningdek, xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan inson huquqlari buzilishining boshqa holatlaridan boshpana va himoya izlayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga va ularning oila a`zolariga beriladi.  

Qonun loyihasini ishlab chiqishda "Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risida" gi Xalqaro pakt, BMTning "Qochqinlar maqomi to`g`risida"gi Konvensiyasi," Diplomatik aloqalar to`g`risida"gi Vena konvensiyasi qoidalari hisobga olingan.  

Qonun loyihasi Qonunchlik palatasida uchta o`qishda ko`rilib, qabul qilingan taqdirda Senatga yuboriladi", deydi deputat o`z sharhida. 

 

    Boshqa yangiliklar