AsosiyJINOYAT

Toshkentda yirik miqdordagi noqonuniy import bilan shug`ullanayotgan jinoiy guruh ushlandi

4 oktyabr kuni, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga karshi kurashish va bojx...

'Toshkentda  yirik miqdordagi noqonuniy import bilan shug`ullanayotgan jinoiy guruh ushlandi'ning rasmi

4 oktyabr kuni, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga karshi kurashish va bojxona auditi hamda Korrupsiyaga karshi kurashish va o`z xavfsizlik bo`limlari tomonidan “Chuqursoy” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Davlat byudjetiga bojxona to`lovlarini to`lamaslik maqsadida yirik miqdordagi import tovarlarni past stavkali tovarlarga almashtirish bilan shug`ullanib kelgan, puxta o`ylangan jinoiy sxemaga asoslangan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Bu haqda Bojxona qo`mitasi xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, oldindan tuzilgan rejaga ko`ra tashkilot nomiga xorijdan import qilingan yuqori stavkali generator, suv purkagich, changyutgich, kiryuvgich kabi qimmatbaho xo`jalik uskunalari va qurilish anjomlari “vaqtincha saqlash” bojxona rejimiga rasmiylashtirilib, o`z omborida yuqoridagi tovarlar o`rniga jinoiy guruh a`zolari tomonidan soxta yo`l-yuk kuzatuv xujjatlarida ko`rsatilgan qulf, elektrod, tokqaychi va arra kabi                      16 turdagi tovarlarga almashtirilayotgan vaqtda to`xtatib qolindi.

Buni qarangki, yuk egalari ushbu jinoyatni amalga oshirish uchun jinoiy guruhga 20 nafar shaxslarni yollab, har birining vazifalarini taqsimlashgan. 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra yo`l-yuk hujjatlarida ko`rsatilmagan va ashyoviy dalil sifatida olingan 31 turdagi 4214 dona tovarlarning umumiy qiymati 5 milliard so`mni tashkil etishi ma`lum bo`ldi.

Jinoiy guruhning g`araz maqsadlari amalga oshganda edi, davlatimiz g`aznasiga bor-yo`g`i 1 milliard so`m miqdorida bojxona to`lovlari undirilib, 4 milliard 500 million so`mlikdan ortiq zarar etkazilar edi.

Mazkur aniqlangan qonunbuzarlik holati yuzasidan hozirda bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati esa bojxona auditidan o`tkaziladi. 

 

    Boshqa yangiliklar