AsosiyJamiyat

Sirdaryoda “Mersedes” ichidagi “mersedes” fosh bo`ldi

'Sirdaryoda “Mersedes” ichidagi “mersedes” fosh bo`ldi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” chegara bojxona postiga qo`shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro K.U. boshqaruvidagi “Mersedes Benz” rusumli yuk transport vositasi o`rnatilgan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat Bojxona qo`mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, avtomashina tirkamasida og`zaki savol-javob vaqtida ma`lum qilinmagan, fuqaro A.A.ga tegishli, muqaddam foydalanishda bo`lgan umumiy qiymati 86,1 million so`mlik, “Mersedes Benz Sprinter” rusumli yuk avtomashinasi ehtiyot qismlariborligi aniqlandi.

Hozirgi mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar