33 fuqaroni 411 million so`mga chuv tushirgan shaxsga jinoiy ish qo`zg`atildi.Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. Shu yil 21 sentyabr kuni, Farg`ona viloyatida yashovchi fuqaro O`zbekiston Respublikasi IIVning ishonch telefoniga murojaat qilib, Namangan tumanida yashovchi shaxs 2019 yil dekabr oyidan, shu yilning iyun oyiga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida 33 nafar fuqarolarning ishonchiga kirib, ularga o`zi ishlovchi MChJdan maishiy texnika vositalarini olib berishini aytib, ular nomiga hujjatlarni rasmiylashtirgan va narxi 411.382.000 so`mlik turli xildagi maishiy texnika vositalarini olib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma`lum qilgan hamda ushbu shaxsga nisbtan qonuniy chora ko`rishni so`ragan. Hozirda holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
| |
05.10.2020 21:03
Namanganda 33 fuqaroni 411 million so`mga chuv tushirgan shaxsga jinoiy ish qo`zg`atildi
