Piyodalarni urib yuborgan “Spark” ariqqa quladi.Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. Shu yil 30 sentyabr kuni soat 18:45 larda, Namangan shahar Nurafshon MFY A.Xo`jaev ko`chasida, Spark rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan ikki nafar piyodani urib yuborgan va boshqaruvni yo`qotib yo`l chetidan oqib o`tgan “Yangiariq” arig`iga tushib ketgan. Natijada, jabrlanuvchilardan biri bosh miya suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan, ikkinchisi esa bosh miya chayqalishi, o`ng bilak soxasining siljib sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.
|
05.10.2020 21:26
Namanganda piyodalarni urib yuborgan “Spark” ariqqa quladi
