O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
Qonun bilan 8 ta kodeks va 10 ta qonunga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
Oila kodeksiga kiritilgan qo`shimchalarga ko`ra, 4 nafar va undan ortiq 18 yoshga to`lmagan bolasi bo`lgan oila ko`p bolali oila hisoblanadi.
• Bunda, agar 4 nafar va undan ortiq bolalaridan 1 nafari yoki undan ko`prog`i ta`limning kunduzgi shaklida (o`rta maxsus va kasb-hunar, oliy ta`lim) ta`lim tashkilotlarida o`qiyotgan hamda 22 yoshga to`lmagan bo`lsa, bu oila ham ko`p bolali oila deb hisoblanadi.
Qonun bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga kiritilgan qo`shimchaga ko`ra, tazyiq o`tkazgan va (yoki) zo`ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo`lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun ma`muriy javobgarlik belgilandi.
• Bunday huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan 223 ming so`mdan 669 ming so`mgacha miqdorda jarima yoki 15 sutkagacha ma`muriy qamoqqa olish jazosi qo`llaniladi.
Qonun bilan “Davlat boji to`g`risida”gi Qonunga kiritilgan qo`shimchaga ko`ra, da`vogarlar tazyiq va zo`ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga etkazilgan ma`naviy va moddiy zararning o`rnini qoplash to`g`risidagi da`volar yuzasidan davlat bojidan ozod qilinadi.
Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.






