Kuni kecha Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Xalq ta`limi vazirligi, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralar vakillari bilan video-uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuv davomida Respublika davlat umumta`lim maktablarida ta`lim texnologiyalarining holati va ta`lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish muhokama etildi.
Mutaxasisslar tomonidan O`zbekiston Respublikasida ayni vaqtda ta`lim texnologiyalarini joriy etish o`rta darajada bo`lib, virtual va kengaytirilgan reallik kabi yangi texnologiyalarni rivojlantirish hamda joriy etish uchun imkoniyat mavjudligi qayd etildi.
️Xalq ta`limi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki qo`shma loyihasi doirasida davlat umumta`lim maktablarining ta`lim texnologiyalarini joriy etishga tayyorligini tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va EdTech echimlaridan foydalanishning eng samarali rejasini ishlab chiqish, shuningdek, ta`lim texnologiyalarini xalq ta`limi sohasining umumiy rejasiga integrasiya qilish rejalashtirilgan.
Video-uchrashuv natijasida tomonlar xalq ta`limi sohasiga ta`lim texnologiyalarini joriy etishda davomiy hamkorlikni olib borishga kelishdilar.






