AsosiyJamiyat

Buxoroda “Etti Pir” silsilasidagi masjidga o`g`irlikka tushib, ehson qutisini o`margan shaxs qo`lga olindi

'Buxoroda “Etti Pir” silsilasidagi masjidga o`g`irlikka tushib, ehson qutisini o`margan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

2020 yilning 28 sentyabr kunidan 29 sentyabr kuniga o`tar kechasi, Romitan tumani Azizon MFY Sarbiston qishlog`ida joylashgan “Xo`ja Ali Romitaniy” masjidiga noma`lum shaxs g`ayriqonuniy ravishda kirib,  u erda bo`lgan 3 dona ehson qutilarni buzib ochib, ehson qilingan barcha pullarni o`g`irlab voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Romitan tumani Ichki ishlar bo`limi huzuridagi tegov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tezkor-tergov harakatlari olib borildi.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Samarqand viloyati, Payariq tumanida yashovchi, 1979 yilda tug`ilgan O.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.

Hozirgi kunda gumonlanuvchi O.A. ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar