AsosiyJinoyat

"Sardoba ishi" bo`yicha bugungi kunda 17 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan

'"Sardoba ishi" bo`yicha bugungi kunda 17 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanovning xabar berishicha, joriy yilning 1 may kuni yuz bergan “Sardoba” suv ombori to`g`oni o`pirilishi va natijada katta er maydonlarini suv bosishi holati bo`yicha Jinoyat kodeksining 207-moddasi, 258-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, tergovda tergov, tezkor-qidiruv tadbirlari olib borildi.

Hozirgi vaqtda tergov organi tomonidan to`g`onning loyihalanishi, qurilishi, ekspluatasiya qilinishi, davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinmagan hajmda suv to`planishi jarayonlarida yo`l qo`yilgan qonun buzilishi holatlariga dahldor 17 nafar shaxs, jumladan buyurtmachi “Sirdaryo suv qurilish invest” DUK, loyihachi “UzGip” MChJ, bosh pudratchi – “O`ztemiryo`lqurilishmontaj” UK, pudratchi tashkilotlar “Rezaksoy suv qurilish” UK, “Omad Dubl” MChJ, “Sariosiyo qurilish” MChJ, “Trans Servis Kompleks” MChJ, “To`palang Sherobod” ShK, Suv xo`jaligi vazirligi, Ekspluatasiya direksiyasi mansabdor shaxslarining bir guruhi tegishli (167, 203, 205, 207, 209, 258) moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilib, ayblanuvchilarning 7 nafariga qamoqqa olish, 6 nafariga garov, 4 nafariga munosib xulq-atvorda bo`lish haqida tilxat ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Jinoyat ishi doirasida tegishli idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat komissiya tomonidan o`lchov va taftish ishlari davom ettirilmoqda. Aybdor shaxslarni aniqlash bilan birga etkazilgan zararning qoplanishini ta`minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar