AsosiySalomatlik

Bemor shifoxonadan davolanib chiqqanidan keyin ham kimgadir kasallikni yuqtirib qo`yishi mumkinmi?

'Bemor shifoxonadan davolanib chiqqanidan keyin ham kimgadir kasallikni yuqtirib qo`yishi mumkinmi?'ning rasmi

Aholidan kelib tushgan ushbu savolga AOKAda o`tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi:

"--Albatta, mumkin. Bu kabi holatlarni inkor qilib bo`lmaydi. Shifoxonadan chiqqan bemorlarda koronavirus kasalligi klinik belgilari to`liq yo`qolgan bo`lsa-da, tashqariga virus chiqarishda davom etishi mumkin.  

Shuning uchun ham kasallikdan sog`aygan shaxslar yana ikki hafta mobaynida kuzatuvda bo`lishi va atrofdagilarga kasallik yuqib qolishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarga rioya etishlari shart."

 

    Boshqa yangiliklar