AsosiyJamiyat

Ikki yildan so`ng O`zbekistondagi har bir aholi punkti 10 Mbit/s dan kam bo`lmagan Internetga ulanish imkoniyatiga ega bo`ladi

'Ikki yildan so`ng O`zbekistondagi har bir aholi punkti 10 Mbit/s dan kam bo`lmagan Internetga ulanish imkoniyatiga ega bo`ladi'ning rasmi

Kecha Prezident tomonidan qabul qilingan “Raqamli O`zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmonga muvofiq:

 2020 yil 1 noyabrdan barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amaldagi rahbar o`rinbosarlaridan biriga raqamlashtirish bo`yicha o`rinbosar (Chief Digital Officer) vakolatlari yuklatiladi.

2021 yil 1 yanvardan:  

  •  fuqarolar tomonidan tizim boshqaruvi, axborot xavfsizligini ta`minlash va boshqa talab yuqori bo`lgan yo`nalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo`lgan qismi qoplab beriladi;
  • tajriba tariqasida jismoniy shaxsga identifikasiya ID-kartasini berishda davlat organlari bilan elektron munosabatlarni yo`lga qo`yish uchun uning shaxsiy kabineti shakllantiriladi;
  •  barcha uchun ochiq bo`lgan mahalliy dasturiy mahsulotlar va IT-xizmatlar elektron platformasi yaratiladi.

 

2021 yil 1 iyuldan Ochiq ma`lumotlar portalida davlat xaridlarini amalga oshirish, patentlar, dori vositalarini ro`yxatga olish va boshqa umumfoydalanishdagi statistik ma`lumotlar onlayn  joylashtirib boriladi.  

2021 yil 1 sentyabrga qadar har bir tuman va shaharlarda mavjud infratuzilma ob`ektlari negizida keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlar va ayollar uchun raqamli texnologiyalar o`quv markazlari ochiladi.

 2022 yil 1 yanvarga qadar barcha mashhur sayyohlik joylari yuqori tezlikdagi Internet bilan ta`minlanadi.

2022 yil yakuniga qadar har bir aholi punkti 10 Mbit/s dan kam bo`lmagan ma`lumotlarni uzatish tezligidagi Internet tarmog`iga ulanish imkoniyati bilan ta`minlanadi.

 2023 yil yakuniga qadar barcha tuman va shaharlarda mavjud ta`lim muassasalari negizida 200 dan ortiq informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar