1

Qirg`iziston hukumati rahbari iste`foga chiqdi. Bir kun oldin qamoqdan ozod qilingan muxolifat vakili yangi bosh vazir etib saylandi

Dunyo 07.10.2020, 07:50
Qirg`iziston hukumati rahbari iste`foga chiqdi. Bir kun oldin qamoqdan ozod qilingan muxolifat vakili yangi bosh vazir etib saylandi

Qirg`iziston Bosh vaziri Kubatbek Boronov parlament saylovlaridan so`ng boshlangan norozilik va tartibsizliklar fonida iste`foga chiqdi, deya yozmoqda meduza nashri.

Parlament allaqachon tartibsizliklarni tashkillashtirishda ayblanib, 10 yillik muddatini o`tab bo`lgan Bishkek qamoqxonasidan ozod qilingan sobiq deputat Sadir Japarovni yangi bosh vazir etib tayinlashga ovoz bergan.

Avvalroq Qirg`iziston parlamenti rahbari Dastan Jumabekov iste`foga chiqqandi. Prezident Jeenbekov muxolifat bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini ta`kidladi.

5 oktyabr kuni Bishkekda parlament saylovlari natijalariga qarshi norozilik namoyishlari bo`lib o`tdi va hukumatni qo`llab-quvvatlovchi ikki partiya g`alaba qozondi. Amallar tartibsizlikka aylanib, bir necha yuz kishi yaralangan, bir kishi halok bo`lgan. Namoyishchilar parlament va prezident ma`muriyati joylashgan binoni egallab olishdi.

Kecha, 6 oktyabrda MSK parlament saylovlari natijalarini bekor deb e`lon qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1