1

Erda bir hafta davomida magnit bo`ronlari kuzatiladi. U qaysi sanalarga to`g`ri keladi

Jamiyat 07.10.2020, 08:32
Erda bir hafta davomida magnit bo`ronlari kuzatiladi. U qaysi sanalarga to`g`ri keladi

Oktyabr oyi oxirida magnit bo`ronlari boshlanadi, bu haqda Fanlar akademiyasi Quyosh fizikasi instituti Rentgen astronomiyasi laboratoriyasining mutaxassislari ogohlantirishdi.

Ta`kidlanishicha, 21 oktyabrdan 24 oktyabrgacha u zaif, 25 oktyabr – o`rtacha, keyingi uch kun davomida magnetosfera bezovta holatida bo`ladi, shundan so`ng normal holatga keladi.

Magnit bo`ronlarining tasnifida 5ta daraja mavjud. Zaif bo`ron – energiya tizimlarining ishlashida kichik uzilishlarni keltirib chiqarishi va qushlar va hayvonlarning ko`chishiga ta`sir qilishi mumkin.

Kuchli bo`ronlar esa qisqa to`lqinli aloqa va navigasiya tizimlarining ishlamay qolishiga, shuningdek sanoat tarmoqlarida elektr energiyasining uzilishiga olib keladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1