1

DTM harbiy imtiyoz qo`llanmagan abiturientlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Jamiyat 07.10.2020, 09:06
DTM harbiy imtiyoz qo`llanmagan abiturientlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Sa avval Davlat test markazi binosi oldida harbiy imtiyozi qo`llanmaganidan norozi bo`lib to`plangan abiturientlar haqida xabar berilgan edi. 

Jamoatchilikka taqdim qilingan ushbu materiallarda asosan harbiy qism qo`mondonligi tavsiyanomasiga ega abiturientlarning mazkur imtiyozi tanlov jarayoniga qo`llanilmaganlik masalasi ko`tarilgan.

Ayni paytda DTM ushbu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma`lumki, harbiy qismlar qo`mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo`lgan abiturientlar uchun alohida qabul ko`rsatkichlari ajratiladi va ular ushbu ko`rsatkichlar doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo`ladilar.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 468-son qarorining 2-ilovasiga muvofiq oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish uchun imtiyozga ega bo`lgan abiturientlar toifasi hamda ularning reestrini shakllantirish uchun mas`ul bo`lgan vakolatli organlar tasdiqlangan.

Unda O`zbekiston Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o`tab, harbiy qism qo`mondonligining tavsiyanomasiga ega bo`lgan fuqarolarga imtiyozlarni berish uchun mas`ul vakolatli organlar ham belgilangan.

Mazkur tavsiyanomaga ega abiturientlar ro`yxatdan o`tishda o`zlariga tegishli tavsiyanoma ma`lumotlarini dasturga kiritadilar va ro`yxatga olish yakunlangandan so`ng, ularning ma`lumotlari mas`ul vakolatli organga yuboriladi hamda ma`lumotlarning to`g`riligi tekshirilib, tasdiqlanadi.

Bunda, abiturientning pasport ma`lumotlari (shaxsiy identifikasiya raqami, pasport seriyasi va raqami, familiyasi, ismi, otasining ismi, tug`ilgan sanasi) va tavsiyanoma bilan bog`liq boshqa ma`lumotlar yuboriladi. Mas`ul vakolatli organlar tomonidan ma`lumotlar to`g`riligi faqat tavsiyanoma raqami bilan emas, abiturientning pasport ma`lumotlari asosida tekshiriladi.

Imtiyozga ega abiturientlar ma`lumotlari oldingi yillarda xuddi shunday tartibda tekshirilgan.

Joriy yilda ham harbiy qism qo`mondonligi tavsiyanomasiga ega abiturientlar ro`yxati shu tavsiyanomalarni bergan vazirlik va idoralarga yuborilgan. Taqdim etilgan ro`yxat ular tomonidan tekshirilib, tasdiqlangan holda Davlat test markaziga qaytarilgan. Abiturientlarga harbiy imtiyozni qo`llash yoki qo`llamaslik ana shu tasdiqlangan ro`yxat asosida amalga oshirilgan.

5 oktyabr kuni murojaat qilgan abiturientlar guruhiga masala mohiyati bo`yicha Davlat test markazi mutaxassislari va Mudofaa vazirligining mutasaddi vakillari tomonidan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

 Hozirda harbiy qism qo`mondonligi tavsiyanomasiga ega abiturientlar ro`yxati tegishli vazirlik va idoralar tomonidan qayta ko`rib chiqilmoqda, deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1