1

Tezkor: Gulistonda koronavirus bemorlari davolanayotgan majmuada portlash sodir bo`ldi: rasmiylar fuqarolar jarohatlanganini aytmoqda (video)

Jamiyat 07.10.2020, 09:34
Tezkor: Gulistonda koronavirus bemorlari davolanayotgan majmuada portlash sodir bo`ldi: rasmiylar fuqarolar jarohatlanganini aytmoqda (video)

Ayni soatlar oralig`ida Guliston shahrida joylashgan "Alpomish" sport majmuasida portlash sodir bo`ldi. Bu haqda videolar ijtimoiy tarmoqda tarqaldi.

 

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan birlamchi rasmiy ma`lumot berdi.

 

Ma`lum bo`lishicha, bugun 7 oktyabr kuni soat 08:13 da Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko`rsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod balloni yorilishi sodir bo`ldi.  

Hosil bo`lgan kinetik zarba to`lqinidan bino oynalari parchalanib,  fuqarolarga tan jarohati etgan. Ta`kidlash joizki, zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa tegishli xizmatlarning xodimlari voqea joyiga etib borib, fuqarolarni xavfsiz hududga ko`chirdilar. Mazkur hodisa oqibatida vafot etgan fuqarolar aniqlanmagan. Vaziyat to`liq nazoratga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1