2020 yil 7 oktyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 59 579 (+136) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 93 nafari Toshkent shahrida,
- 16 nafari Farg`ona viloyatida,
- 8 nafari Toshkent viloyatida,
- 7 nafar Qashqadaryo viloyatida,
- 7 nafar Xorazm viloyatida,
- 5 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 56 165 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 923 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






