AsosiyJamiyat

Shahrisabzda haydovchi tuman IIB YHXB boshlig`iga pora bergan vaqtida ushlandi

'Shahrisabzda haydovchi tuman IIB YHXB boshlig`iga pora bergan vaqtida ushlandi'ning rasmi

3 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani IIB YHXB YPX katta inspektori A.Haqberdiev xizmati davomida “Matiz” rusumli transport vositasi haydovchisi, 1975 yilda tug`ilgan O.E. avtomashinani mastlik holatida boshqarganligini aniqlagan va belgilangan tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Fuqaro O.E. avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga Shahrisabz tumani IIB YHXB boshlig`i Sh.Otaqulovga 800.000 so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan. Bu haqda YHXBB yozmoqda. 

YHXB boshlig`i Sh.Otaqulov ushbu holat yuzasidan tuman IIB boshlig`i nomiga bildirgi orqali murojaat qilgan. Xodimning bildirgisi asosida, joriy yilning 5 oktyabr kuni soat 17:30 larda, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro O.E. pora tariqasida jami 1.000.000 (bir million) so`m pullarni tuman IIB YHXB boshlig`i Sh.Otaqulovga ushbu tumanda joylashgan “Shovkat trans” MChJga qarashli jarima maydonchasida berayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Shahrisabz tumani bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar