“Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda turizm sohasi sub`ektlarini qo`llab-quvvatlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (602-son, 06.10.2020 y).
Qarorga muvofiq, turizm sohasi sub`ektlarining kreditlari bo`yicha quyidagi foiz xarajatlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 10 foizlik punktdan ortiq bo`lmagan qismi kompensasiya qilinadi:
- joylashtirish vositalarini qurish uchun oldin berilgan kreditlar bo`yicha 2020 yil 1 iyundan 2020 yil 1 yanvargacha bo`lgan foiz xarajatlari;
- yangi sanitariya-gigiena talablariga muvofiqlashtirish uchun beriladigan kreditlar bo`yicha foiz xarajatlari;
- aylanma mablag`larni to`ldirish uchun beriladigan 1 mlrd so`mgacha miqdordagi kreditlar bo`yicha 2020 yil 1 iyundan 31 dekabrga qadar bo`lgan foiz xarajatlari.
Shuningdek, joylashtirish vositalarini qurish uchun oldin berilgan kreditlar bo`yicha 2020 yil 1 martdan 1 iyungacha bo`lgan davrda foiz xarajatlari to`liq hajmda kompensasiya qilinadi.
Ushbu kompensasiyalar turizm sohasi sub`ektlarining kreditlari soni va hajmidan, shuningdek, oldin berilgan va (yoki) berilayotgan kompensasiyalar sonidan qat`i nazar ajratiladi.
Qaror bilan Turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar berishning vaqtinchalik tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, subsidiyalar:
- uroperatorlarga – avia va temir yo`l chiptalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun;
- turoperator va turagentlarga – O`zbekistonga olib kelingan va xizmat ko`rsatilgan har bir xorijiy turist uchun;
- joylashtirish vositalariga – joylashtirish xizmatlari (mehmonxona xizmatlari) uchun ajratiladi.






