AsosiyJamiyat

Jamoat transporti bekatidagi erkak notanish ayolni urdi

'Jamoat transporti bekatidagi erkak notanish ayolni urdi'ning rasmi

11 sentyabr kuni Uchtepa tumanidagi jamoat transporti bekatida 32 yoshli Evgeniya K.ga sababsiz badan shikastlari etkazgan Sirdaryo viloyatilik, muqaddam sudlangan 45 yoshli Toxir V.ga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha tergov ishlari yakunlandi. Bu haqda IIBB xabar bermoqda. 

Ilgari ma`lum qilinganidek, mazkur fakt bo`yicha Uchtepa tumani IIO FMB Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277 moddasi 1 qismi (“Bezorilik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan edi.

Ammo dastlabki tergov davomida barcha tafsilotlar o`rganilib, jabrlanuvchi, guvohlar va ayblanuvchining ko`rsatmalari inobatga olingach, ayblanuvchining hatti-harakatlari qayta baholandi. Natijada Toxir V.ga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277 moddasi 2 qismi “g” bandi (“Bezorilik”), hamda 112 moddasi 1 qismi (“O`ldirish yoki zo`rlik ishlatish bilan qo`rqitish”) bo`yicha ayblov taqdim etildi.

Dastlabki tergov davrida Toxir V.ga nisbatan qamoqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilgan edi.

Hozirgi vaqtda jinoyat ishi sudga oshirilgan va ayblanuvchiga nisbatan jazo chorasi sud tomonidan belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar