Buxoro viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i Ilhom Narziev boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.
Sog`liqni saqlash vazirining tegishli buyrug`iga asosan Saidov G`afur Normurodovich viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
44 yoshli G`afur Saidov 2000 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Tibbiyot fanlari nomzodi. Buxoro viloyat onkologiya dispanseri bosh vrachi, Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi direktori o`rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U shu kunga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.






