Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov qamoqda saqlanayotgan Toshkent viloyati bosh infeksionist shifokori Guljahon Yo`ldosheva ma`lum qilgan korrupsion holatlarni o`rganish zarurligini bildirdi. U bu haqda Kun.uz ma`lum qildi.
«Guljahon Yo`ldoshevaning qamoqqa olinishi uning korrupsion holatlar bo`yicha bergan bayonotlariga bog`lab, rasmiy munosabat bildira olmayman. Bunga, albatta, huquqni muhofaza qilish organlari huquqiy baho berishi kerak. Lekin bir narsa aytmoqchimanki, ayolning korrupsion holatlar bo`yicha bergan bayonotiga ham huquqiy baho berilishi kerak. Uning ham ishini oxiriga etkazish kerak», — deydi u.
Eslatib o`tamiz, Bosh prokuratura tomonidan Yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo`ldoshevaga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi o`rganib chiqilib, Chirchiq shahar prokurori tomonidan sudga tegishli iltimosnoma yuborilgan edi. Natijada sud unga nisbatan qo`llanilgan “qamoq ehtiyot” chorasini “uy qamog`i” ehtiyot chorasiga o`zgartirgan edi.






