Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanum Gebreesus SOVID-19 infeksiyasiga qarshi vaksina yil oxirigacha tayyor bo`lishi mumkinligini xabar qildi. Bu haqda uzreport.news xabar berdi.
Tashkilot rahbari barcha rahbarlarni vaksinalarning teng taqsimlanishini ta`minlash uchun birdamlikka va siyosiy majburiyatlarni amalga oshirishga chaqirdi.
"Biz vaksinalarga muhtojmiz va shu yil oxirigacha emlashni boshlashimiz lozim, bunga umid qilamiz. Umid esa har doim bor", dedi Tedros JSSTning Ijroiya qo`mitasiga bergan bayonotida.






