AsosiyJinoyat

Jizzaxda odamlardan chet elga ishga yuborash va`dasi bilan pul olib aldab yurgan firibgar qo`lga olindi

'Jizzaxda odamlardan chet elga ishga yuborash va`dasi bilan pul olib aldab yurgan firibgar qo`lga olindi'ning rasmi

Jizzax shahar ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga "Ittifoq" mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi 1976 yilda tug`ilgan Z.M. hamda "Nurliobod" mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi 1997 yilda tug`ilgan B.V.lar murojaat qilishib firibgarlik jinoyatidan jabrlanganini bildirishgan. Bu hada Jizzax viloyati IIB axborot xizmati ma`lum qildi. 

Ma`lum bo`lishicha, "Olmazor" mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi 1993 yil tug`ilgan fuqaro N.Sh. murojaatchilardan Chexiya va AQShga ishga yuboraman deb pul olgan. Biroq va`dasini bajarmagan.

Xuddi shu kabi holat Sharof Rashidov tumani "Nonisangil" mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi 1986 yilda tug`ilgan Sh.B. bilan ham yuz berdi.

U ichki ishlar organlariga qilgan murojaatida "Qang`li" mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi 1980 yilda tug`ilgan A.I.ning Janubiy Koreyaga ishga yuboraman deb 2 ming AQSh dollari olganligini bildirgan.

Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar