Ko`p sonli ota-onalar, yoshlar, xususan joriy yilda OTMlarga o`qishga kirish uchun etarli ball to`play olmagan abiturientlarning kollej va texnikumlarda ta`lim olish imkoniyatini yaratish maqsadida abiturientlar hujjatlarini onlayn qabul qilish muddati 2020 yil 20 oktyabrga (20 oktyabr kuni ham) qadar uzaytirildi. Abiturientlarning hujjatlarini qabul qilish onlayn tarzda kollejlarga www.kollej.edu.uz va texnikumlarga www.texnikum.edu.uz elektron platformalari orqali amalga oshirildi. Kollej va texnikumlarga elektron platforma orqali qo`yidagi hujjatlar qabul qilinadi: 1️⃣ Elektron ariza; 2️⃣ Pasport (elektron) nusxasi 3️⃣ Umumta`lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasasini tamomlaganligi to`g`risidagi diplom (elektron) nusxasi; 4️⃣3x4 fotosurat. Izoh: Yuridik texnikumlar bundan mustasno. | |
07.10.2020 17:11
Kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi






