AsosiySalomatlik

Bugun yurtimizda 403 nafar bemor koronavirusdan sog`aydi

'Bugun yurtimizda 403 nafar bemor koronavirusdan sog`aydi'ning rasmi

2020 yil 7 oktyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 59 788 (+91) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 49 nafari Toshkent shahrida hamda 42 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E`tiborli jihati, bugun: 

Toshkent shahrida 260 nafar,

Toshkent viloyatida 87 nafar,

Namangan viloyatida 19 nafar,

Andijon viloyatida 13 nafar,

 Farg`ona viloyatida 8 nafar, 

Xorazm viloyatida 7 nafar, 

Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,

Qoraqalpog`iston Respublikasida 4 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, yurtimizda 56 568 (+403) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 728 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

Boshqa yangiliklar