Uzbekistan airways aviakompaniyasi 2020-yil 8-oktyabrdagi NU 779 Toshkent-Bishkek qatnovlar jadvaliga o`zgartirishlar kiritilgani haqida ma`lum qildi.
Qatnov quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Toshkent-Bishkek NU 779 qatnovi uchish 14:50da, etib borish 17:00da.
"Yuqorida ko`rsatilgan qatnovlarga aviachiptalari bo`lgan yo`lovchilarni ro`yxatdan o`tish uchun aeroportga qatnovlarning o`zgartirilgan jadvalida ko`rsatilgan vaqt bo`yicha kelishlarini so`raymiz. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz" deyiladi xabarda.






