2020 yil 8 oktyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 59 905 (+117) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 73 nafari Toshkent shahrida,
- 19 nafari Andijon viloyatida,
- 10 nafar Qashqadaryo viloyatida,
- 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 7 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 56 568 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 843 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






