AsosiyJamiyat

Samarqandda tovuq go`shtidan 15 kishi zaharlandi

'Samarqandda tovuq go`shtidan 15 kishi zaharlandi'ning rasmi

Joriy yilning 5 oktyabr kuni Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Samarqand viloyati filialiga 15 nafar shaxs “metgemoglobin hosil qiluvchi birikmalardan zaharlanish” tashxisi bilan murojaat qilgan. Ma`lum bo`lishicha, shu kuni soat 05:30 larda Samarqand shahrida yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan O. T. xonadonida uy sharoitida tovuq go`shtidan kabob taomini tayyorlagan. Shu taomdan o`zi bilan birga yashovchi 10 nafar oila a`zolari: turmush o`rtog`i, farzandlari, onasi, kelinoyisi, jiyanlari va shu xonadonda qurilish ishlarini olib borayotgan 5 nafar ustalar iste`mol qilishgan. Birozdan so`ng o`zlarini yomon his qilishgach, tez yordamga qo`ng`iroq qilishgan.

Ularga tibbiy yordam ko`rsatilib, davolash ishlari olib borilgan. Hozirda tegishli soha xodimlari tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar