O`zbekiston "Uzbekistan Airways" 2020 yil 8 oktyabrdagi HY 779 Toshkent-Bishkek qatnovlar jadvaliga o`zgartirishlar kiritilgani haqida ma`lum qildi.
Qatnov quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Toshkent-Bishkek HY 779 qatnovi uchish 14:50da, etib borish 17:00da.
Yuqorida ko`rsatilgan qatnov bo`yicha aviachiptalari bo`lgan yo`lovchilarni ro`yxatdan o`tish uchun aeroportga qatnovlarning o`zgartirilgan jadvalida ko`rsatilgan vaqt bo`yicha kelishlari so`ralmoqda.
Kompaniya yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so`radi.






