Tog`li Qorabog` hukumati mintaqadagi mojaroning kuchayishi boshlanganidan beri 320 nafar harbiy halok bo`lganini xabar qildi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatda Armaniston bilan ziddiyatni muhokama qildi va Boku harbiy bosqich yakuniga etganidan muzokaralar jarayoniga qaytishini aytdi.
Mintaqadagi to`qnashuvlar ikkinchi hafta davom etmoqda. Ikkala tomonning xabariga ko`ra, tinch aholi orasida ham qurbonlar bor. Tog`li Qorabog` poytaxti Stepanakertda aholi otishmalardan qochib xatto qabrlarga yashirinishga majbur bo`lmoqda.
Boku, o`z navbatida, Tog`li Qorabog` tashqarisidagi Ozarbayjon shaharlarini bombardimon qilishda Armanistonni ayblaydi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan agarda Boku rozi bo`lsa Erevan ziddiyatlarga qarshi ortga chekinishga tayyor ekanini aytdi.
Seshanba kuni Ozarbayjon poytaxtiga Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog`lu tashrif buyurdi. Muzokaralardan so`ng, u urushni to`xtatish uchun faqat sulh tuzishning o`zigina etarli emasligini ta`kidladi. Armaniston esa Turkiyaning aralashuvini qoraladi.






