AsosiySalomatlik

Gripp yoki koronavirusga chalinganlikni qanday farqlash mumkin?

'Gripp yoki koronavirusga chalinganlikni qanday farqlash mumkin?'ning rasmi

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Odilovaning ma`lum qilishicha, ikki kasallik ham tumov, ko`z yoshlanishi, burun oqishi, aksa urish, tana haroratining ko`tarilishi bilan kechadi.  

Shunday bo`lsada, koronavirus va grippni bir-biridan ajratuvchi bir necha belgilar mavjud:

  • Kasallikning inkubasion (yashirin davri)  grippda 5-7 kun, koronavirusda 2-14 kun.
  • Kasallikni engil kechishida grippda  – umumiy belgilar ko`pincha tumovdan boshlanadi va 1-3 kungacha davom etadi, tana harorati 38 darajadan yuqori bo`lishi bir marta kuzatiladi, 3-kundan boshlab bemor ahvoli yaxshilanishni boshlaydi.

 

Koronavirusda umumiy belgilar aksariyat holatlarda hid va ta`m bilish buzilishidan boshlanib, tana harorati 38 darajagacha ko`tariladi va so`ngra 37-37,5 darajada bo`lib turadi. Davolash to`g`ri olib borilsa, bemor ahvoli kasallikni 5-7 kunlarida yaxshilana boradi.

Kasallik og`ir kechuvida asoratlar qo`shiladi: yo`tal birinchi 3-4 kunda quruq, so`ng balg`amli bo`ladi.

Koronavirusda esa 8 kundan boshlab tana harorati 39-40 darajagacha ko`tariladi, umumiy holsizlik kuchayadi, quruq yo`tal zo`rayadi, nafas etishmovchiligi, ya`ni hansirash ham zo`rayishni boshlaydi. Yo`tal balg`amsiz va kasallikni kechuviga bog`liq holda 2-3 haftadan 1,5 oygacha kuzatilishi mumkin.

  • grippning engil kechuvida boshqa organlarning zararlanishi, asab tizimi jarohatlanishi kuzatilmaydi, lekin og`ir kechuvchi shakllarida qator a`zolarda asoratlar kuzatilishi mumkin.

 

Koronavirus kasalligida  esa inson organizmining bir necha a`zolari (nafas a`zolari, oshqozon ichak tizimi a`zolari, yurak qon-tomir tizimi a`zolari, buyrak tizimi, endokrin bezlar tizimi, markaziy va periferik asab tizimi jarohatlanadi, qonning ivish xususiyatlari buziladi. Shuning uchun ham koronavirusda organizmning to`qima va hujayralarining kislorod bilan ta`minotiga yuqori ehtiyoj seziladi.

  • koronavirus kasalligini tashxislash va davolash jarayoni bu kasallikda, ayniqsa, asab tizimi va ruhiyatni zararlanishini ko`rsatmoqda, insonlarda kayfiyat tushib ketib tushkunlik holati, vahima paydo bo`lmoqda, bunday o`zgarishlar esa gripp kasalligiga xos emas.

 

  • reabilitasiya jarayoni bo`yicha engil shakldagi grippda tiklanish davri 7-10 kun bo`lib, asoratlangan holatlarda 1 oygacha bo`lishi mumkin, biroq  koronavirus kasalligining og`ir va o`ta og`ir kechuvida o`pkalar interstisiyasi, alveolalarining fibroz to`qima bilan qoplanishi oylar davom etishi yoki ma`lum qismi umuman tiklanmasligi ham mumkin.

 

 

    Boshqa yangiliklar