2020 yil 9 oktyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 60 233 (+111) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 54 nafari Toshkent shahrida,
- 15 nafari Jizzax viloyatida,
- 12 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 10 nafari Farg`ona viloyatida,
- 8 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 5 nafari Namangan viloyatida,
- 5 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 2 nafari Toshkent viloyatida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 56 976 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 760 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






