Paxtakor tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi texnikum o`qituvchisi, 1977 yilda tug`ilgan A.S. firibgarlik yo`li bilan pul ishlamoqchi bo`lganida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari tomonidan qo`lga olindi. Bu haqda IIV xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, A.S. shu tumanning Olmazor mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug`ilgan S.M.dan texnikumning farmasevtika yo`nalishiga shartnoma asosida o`qishga kiritib qo`yish uchun 500 AQSh dollari talab qilgan.
Bu to`g`rida abiturient tegishli organga murojaat qilgach, tezkor tadbir uyushtirildi. Xullas, tumandagi osh markazida S.M.dan 400 AQSh dollari miqdorida pora olgan o`qituvchi ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






