25 sentyabr kuni Buxoro shahar prokuraturasiga Romitan tumani Poyjo`y MFY da yashovchi, N.K. ariza bilan murojaat qilib, shu mahallada istiqomat qiluvchi 1976 yilda tug`ilgan, oilasidan ajrashgan, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug`ullanuvchi, ruhiy kasalliklar Dispanserida ro`yxatda turuvchi akasi I.Kning, 2020 yil mart oyi oxirlarida uyidan chiqib ketib, qaytib kelmaganligini bildirgan.
Ushbu holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan qidiruv tadbirlari e`lon qilinib, tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv va qidiruv tadbirlari natijasida, bedarak yo`qolgan I.K.ning Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Azizobod MFY Qal`ayi-kalon qishlog`idagi “Muxlis-Mansur” fermer xo`jaligida yollanma ishchi bo`lib ishlab kelayotganligi aniqlanib, yaqin qarindoshlariga topshirilgan.
Bundan tashqari, Buxoro viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, 30 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ishonch telefoniga Buxoro shahar Elbek ko`chasida yashovchi T.R. ning, Buxoro shahar X.Tabband ko`chasida yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan yakka tartibda ishlovchi o`g`li X.M.ni 2020 yil 01 sentbyar kunidan beri izlab topolmaayotganligi va uni topib berishda amaliy yordam so`rab qilgan murojaati, Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan alohida nazoratga olinib, e`lon qilingan qidiruv tadbiri bo`yicha o`tkazilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida bedarak yo`qolgan X.M. nikohsiz turmush o`rtog`i D.R. bilan Buxoro viloyati Peshko` tumani Qal`a MFYda yurganligi aniqlangan.
"Buxoro viloyatining barcha shahar va tumanlarida ichki ishlar organlari hamda boshqa huquqni muhoqaza qiluvchi idoralar, hamkor tashkilotlar va jamoatchilik vakillari bilan birgalikda keng qamrovli qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda" deyiladi xabarda.






